Olimlar qadimgi Misrning Set ma'budi tasvirlangan sirli hayvonni aniqlay olishmadi
Qadimgi Misr mifologiyasida tartibsizlik va sahro xudosi hisoblangan Set ko'pincha g'aroyib hayvon boshi bilan tasvirlangan. Uzun hamda egik tumshuq, tik quloqlar va tik dumni o'zida jamlagan bu jonzot real hayotdagi hech bir hayvonga to'g'ri kelmaydi.
Tadqiqotchilar ushbu jonzotni Set hayvoni deb atashadi. Ming yillar davomida Misr ma'budlarining tasviri o'zgargan bo'lsa-da, Set ma'budining qaysi hayvon timsolida yaratilgani misrshunoslar uchun hamon sir bo'lib qolmoqda.
24.09.2026, 03:01 · Manba: Signoregalilei
Fikr bildiring va muhokamaga qo'shiling