Letterboxd kino platformasi 300 million dollarga sotuvga qo'yildi
Kinosevarlar uchun mo'ljallangan Letterboxd platformasi sotuvga qo'yildi. Manbalarga ko'ra, xizmatning narxi 300 million dollardan oshishi kutilmoqda, bu esa platformaning joriy yildagi taxminiy 15 million dollar daromadidan 20 baravar ko'p demakdir.
Kino xizmatini xarid qilishga A24 studiyasi, Sony Pictures hamda New York Times nashri qiziqish bildirmoqda. Platformaga 2011-yilda Yangi Zelandiyalik dizaynerlar Matthew Buchanan va Karl von Randow asos solgan edi.
26.09.2026, 01:16 · Manba: Worldofreel
Fikr bildiring va muhokamaga qo'shiling