Buyuk Britaniyada kishi boshiga elektr ishlab chiqarish 2003-yildagidan uchdan birga kamaydi
Bu asrda global miqyosda kishi boshiga elektr energiyasi ishlab chiqarish 50 foizdan ortiq o'sgan bo'lsa-da, Buyuk Britaniyada ushbu ko'rsatkich 2003-yilgi cho'qqisidan so'ng keskin tushib ketdi. Hozirda mamlakatda elektr energiya chiqarish darajasi 1960-yillarning oxiridagi ko'rsatkichlarga qaytgan.
Ushbu pasayishga nafaqat sanoat ulushining qisqarishi, balki LED yoritgichlar va samaradorlik standartlari tufayli energiyani tejash oshgani sabab bo'lgan. Shuningdek, 2010-yildan 2025-yilgacha Britaniyada elektr energiyasi importi ulushi 1 foizdan 9 foizga yetgan.
14.10.2026, 15:11 · Manba: Ourworldindata
Fikr bildiring va muhokamaga qo'shiling