Brauzerda ishlaydigan Guitoro virtual gitarasi ishga tushirildi
Guitoro deb nomlangan bepul brauzer servisi haqiqiy cholg'u asboblari ovozi yozib olingan virtual gitarani taqdim etdi. Foydalanuvchilar klaviatura, sichqoncha yoki sensorli ekran yordamida akustik, klassik, elektr gitara hamda bas chalishlari mumkin.
Xizmatda akkordlar ko'rsatmalari va qo'shiqlarni mashq qilish uchun tezlikni 20 foizgacha sekinlashtirish funksiyasi mavjud. Dasturdan foydalanish uchun ro'yxatdan o'tish yoki ilovani yuklab olish talab etilmaydi.
14.10.2026, 12:55 · Manba: Guitoro
Fikr bildiring va muhokamaga qo'shiling